

Shifokorlar "Shtutgart Kikers" futbolchisi hayotini maydonning o'zida saqlab qolgan edi, ammo tibbiy tekshiruvlardan so'ng uning yuragi doimo bir ritmda urmasligi aniqlandi.
24 yoshli hujumchining yuragi to'rt marta operaciya qilindi va 17 oydan so'ng safga qaytdi. O'tgan shanbada "Veena"ga qarshi uchrashuvda Daniel 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o'z jamoasining g'alaba to'piga mualliflik qildi. Futbolchi ko'kragida kardiostimulyator bilan o'ynadi va maydonda yurak urishini boshqarib turadigan apparat bilan to'p tepgan birinchi nemis futbolchisiga aylandi.



