Frenk Lempard: O'z ishimni qilmaganimda professional bo'lmasdim

22 sen 2014, 01:30
"Manchester Siti" jamoasi yarim himoyachisi Frenk Lempard o'zining sobiq jamoasi "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu juda ham qiyin vaziyat. Men maydonga tushib, o'z ishimni qilmaganimda professional bo'lmasdim. Ayni paytda g'ayri-tabiiy hissiyotlarni boshdan kechirmoqdaman. Albatta, men o'ynayotgan jamoa mag'lubiyatdan qutulib qolgani uchun xursandman. Men professionalman. Lekin gol uraman deb o'ylamagandim. Bu juda ham hissiyotlarga boy o'yin bo'ldi. Men "Chelsi" muxlislari bilan bu tarzda hayrlashmoqchi emasdim.
Bugun ertalab ushbu kundan nima istashni bilmay uyg'ongandim. Hammasi men uchun yaxshi yakunlandi.

Manba: sports.ru