Fransiya. "Monako" keyingi mavsum YCHLda o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
20 may 2023, 08:21
Kecha Fransiya chempionatining 36-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Lion" o'z maydonida "Monako"ni qabul qildi va 3:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Monako"da Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun imkoniyat yo'qoldi. Sababi Fransiyaga YCHLda 3ta o'rin ajratilgan. "Monako" 36ta o'yindan so'ng 65 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Klub qolgan ikkita uchrashuvda maksimal ochko to'plasa ham 73 ochkoga ega "Marsel"ga eta olmaydi.

Bir necha karra Fransiya chempioni bo'lgan "Lion" esa 36ta bahsdan keyin 59 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.

Kecha "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett bu mavsumdagi gollari sonini 26taga etkazib to'purarlar poygasida Kilian Mbappega yetib oldi.




Fransiya chempionati

36-tur

Lion – Monako 3:1 (1:1, 2:0)
19 may, "Grupama Stedium"
Gollar:
0:1 – 2, penalti Ben-Yedder, 1:1 – 38 Lyakazett, 2:1 – 57 Kakre, 3:1 – 78 Sherki.
Lion – Antoni Lopesh, Kumbedi, Lukeba, Diomande, Talyafiko, Tolisso, Kakre, Sherki, Barkolya, Jeffino (Tiago Mendes, 76), Lyakazett.
Monako – Nyubel, Vanderson, Disasi, Kayo Enrike, Matsima, Yakobs, Golovin (Diatta, 71), Fofana, Matazo (Kamara, 64), Akliush (Ben-Segir, 64), Ben-Yedder (Embolo, 71).
Ogohlantirishlar: Golovin (31), Yakobs (55), Vanderson (63).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia