Fransiya klubi o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
28 avg 2022, 23:28
Joriy futbol dam olish kunlari rekordlarga boy bo'ldi.

Angliyaning “Liverpul” klubi va Shotlandiyaning “Seltik” jamoasidan keyin (ikkalasi ham 9:0 hisobida g'alaba qozondi) Fransiyaning “Monpele”si ham yirik hisobda g'alaba qozondi. Jamoa "Brest" maydonida raqib darvozasiga javobsiz ettita gol urdi. Ushbu g'alaba klub tarixidagi eng yirigi bo'ldi.

Keyingi turda "Monpele" o'z maydonida "Ayachcho"ni qabul qiladi, o'yin 31 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: France Football