

21 iyun kuni Portugaliya Moskva shahridagi “Spartak” stadionida Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichining 2-turida Rossiya terma jamoasi mehmoni bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari Konfederatsiyalar kubogining ilk turida Meksika bilan durang (2:2) o'ynagandi. Rossiya esa Yangi Zelandiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.







