Font: "Neymar Xavi qo'l ostida "Barselona" uchun ideal o'yinchi bo'lardi, ammo u mening rejalarimga kirmaydi"

Alisher
16 noya 2020, 18:23
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod Viktor Font jamoaning sobiq forvardi Neymar haqida gapirdi.

"Sport rejasi bo'yicha Neymar Xavi Ernandes qo'l ostida loyiha uchun ajoyib o'yinchi bo'lardi. Ammo, Neymar mening rejalarimga kirmaydi.

Iqtisodiy sabablarga ko'ra, shuningdek klubni qiyin vaziyatga tushirib qo'ygan sud davosi sabab", - deydi Font.

Eslatib o'tamiz, Neymar "Barselona"dan PSJga rekord 222 million evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito TV