

Lamin Yamal tanaffusga oz qolganda penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi, ammo "Barselona" ustunlikni saqlab qololmadi. Fran Peres hisobni tenglashtirdi va o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Shundan so'ng kataloniyaliklar murabbiyi Flik o'yinchilardan g'azabini yashirmadi.
"The Athletic" ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalik murabbiy o'z shogirdlarining ko'rsatkichlari pasayganidan hafsalasi pir bo'lib, ularni mehmondagi kiyinish xonasiga qamab qo'ygan. Futbolchilar bilan uzoq suhbat olib borilgan.



