"Flamengo" Ronalduni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2022, 16:20
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Braziliyaning "Flamengo" klubiga o'tishi mumkin.

Bu haqda "Veja" nashri yozmoqda.

Manbaga ko'ra, "Flamengo" rahbariyati Ronalduga shartnoma taklif qilish imkoniyati bo'yicha maslahatlashuvlar olib bormoqda. Portugaliyalikning mumkin bo'lgan transferi Libertadores Kubogi o'yinlari arafasida jiddiy kuchayish imkoniyati sifatida qabul qilinmoqda. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Braziliya klubi tomonidan 3 oylik taklif bilan chiqilishi mumkin. 

Ronaldu yaqinda "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilgandi. Bu hujumchining britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyusidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi. 

37 yoshli portugaliyalik joriy mavsum 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Veja