Filip Jordjevich "Lacio"ga ko'chib o'tishga rozi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2014, 16:32
"Nant" hujumchisi Filip Jordjevich "Lacio"ga o'tishga rozi bo'ldi, deb xabar bermoqda "Football Italia".
Rimliklar 26 yoshli serbiyalik futbolchining transferini yanvar oyida amalga oshira olishmadi.

Ammo Jordjevichning o'zi Fransiya klubi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Futbolchining "Nant" bilan shartnomasi 2014 yozda erkin agentga aylanadi. Shu bois yozda "Lacio"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net