Figu: "Hech kim mendan "Barselona" haqida yomon so'z eshitmaydi"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2016
"Barselona" va "Real" sobiq yarim himoyachisi Luish Figuning so'zlariga ko'ra, u Kataloniya klubi haqida faqat yaxshi manoda gapiradi.

Figu "Barselona"dan "Real"ga o'tganida, u ko'k-anorranglilar muxlislarining dushmaniga aylangan.

"Hech kim mendan "Barselona" haqida yomon so'z eshitmaydi. Bu faoliyatimdagi ajoyib davr va yaxshigina o'sishimga sabab bo'lgan. "Barselona"da professionalga aylandim. "Barselona" haqida faqat iliq taassurotlar bor" - deydi Figu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS