
Kuni kecha kuchli beshlikning oxirgi chempionati hisoblangan Italiya A seriyasi ham FIFA.UZ dan o'rin oldi. Endi siz Appenin yarim oroli klublaridan iborat bo'lgan jamoa tuzishingiz mumkin. Franchesko Totti, Andreya Pirlo, Janluiji Buffon, Mario Gomes, Mario Balotelli, Gonsalo Iguain, Stefan El Shaaravi kabi futbolchilardan jamoa tuzing va g'oliblik uchun kurashing.
Bugun Germaniya va Fransiya chempionatlari uchun 1tur ochkolari hisoblandi. Bu haftada Angliya va Ispaniya chempionatlari start oladi.