FIFA xavotirda

Khoja
17 fev 2026
FIFA yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati atrofida ajiotaj yetishmayotganidan xavotirda.

Bu tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan turnir bo'ladi, ammo haligacha ko'plab chiptalar sotilmagan.

Turnir boshlanishiga atigi 4 oy qolgan, ammo musobaqa ajiotaji u keltirishi kerak bo'lgan shov-shuvga mos emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq yozda bo'lib o'tadigan musobaqaning chiptalar narxlari e'lon qilingandi. Chiptalar 4 yil avval Qatarda bo'lib o'tgan musobaqadagi narxlardan deyarli 10 baravar qimmat ekanligi ma'lum bo'lgandi.


KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport