FIFA reytingi e'lon qilindi: O'zbekiston 4 pog'ona ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 13:31
FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi e'lon qilindi.

Yangilangan reytingda eng katta o'sish Isroil terma jamoasiga to'g'ri keldi. Isroilliklar 8 pog'ona yuqorilab, 84-o'ringa chiqib oldi. Eng ko'p o'rin yo'qotgan jamoa Avstriya bo'ldi. Ular 34-o'ringa tushib ketishdi (-11 pog'ona).

Mart oyida 2ta uchrashuv o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi yangilangan reytingda 4 pog'ona yuqorilab, 85-o'ringa chiqib oldi.

FIFA reytingi

1.Belgiya - 1737

2.Fransiya - 1734

3.Braziliya - 1676

4.Angliya - 1647

5.Xorvatiya - 1621

6.Urugvay - 1613

7.Portugaliya - 1607

8.Shveytsariya - 1604

9.Ispaniya - 1601

10.Daniya - 1586

....


Osiyo jamoalari

21.Eron - 1516

26.Yaponiya - 1494

37.Janubiy Koreya - 1462

41.Avstraliya - 1441

55.Qatar - 1398

67.BAA - 1360

72.Saudiya Arabistoni - 1342

74.Xitoy - 1327

76.Iroq - 1319

83.Suriya - 1286

85.O'zbekiston - 1279

86.Livan - 1277

86.Ummon - 1277

95.Qirg'iziston - 1253

...

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA