FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovni Yangi yil bilan tabrikladi

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2018, 15:43
FIFA prezidenti Janni Infantino O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovni Yangi yil bilan tabrikladi.

FIFA prezidenti O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov nomiga jo'natgan tabriknomasida shunday deydi:

2017 yil davomida Siz bilan hamkorlikda ishlash juda yoqimli bo'ldi. Sizni kirib kelgan Yangi yil bilan tabriklayman.

Yangi 2018 yil eng yodda qolarli yillardan biri bo'lishi kutilmoqda. Ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolaman, - deydi Janni Infantino o'z tabriknomasida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com