

“Nega Trent (Aleksandr-Arnold) terma jamoada emas? Bu yerda nimalar bo'lmoqda. Tushunmayapman. Bu berilishi lozim bo'lgan savoldir. Tomori bilan ham xuddi shunday. Tomori A Seriyani yutgan, o'z jamoasida muhim futbolchi sifatida zo'r o'ynamoqda va terma tarkibiga yaqinlasha olmayapti, bunga ishona olmayapman. Asosiy tarkibni aytmay qo'ya qolay, u qaydnomaga ham kiritilmayapti.
Bu shunchaki o'tirib: “Aytgancha, bizda tanlashimiz uchun markaziy himoyachilarning ajoyib soni bor”, deyishim kerakligini anglatmaydi, unga imkon berilishini va u bundan foydalana oladimi yoki yo'qligini ko'rishni istayman”, deydi Ferdinand.



