Bugun futbolchilarimiz Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga chiqishadi. Avval xabar qilganimizdek, Osiyo olimpiadasida terma jamoamiz safida "Nasaf"ning ikki nafar a'zosi darvozabon Eldorbek Suyunov va yarim himoyachi Farruh Sayfiev ishtirok etishmoqda. Eldor guruh bosqichida barcha uch uchrashuvda terma jamoa darvozasini qo'riqlagan bo'lsa, Farruh Sayfiev ikki uchrashuvda maydonga chiqib, so'ngi o'yinda Afg'oniston terma jamoasi darvozasini ishg'ol etishga erishdi.
- So'nggi o'yinmizda zaxiradan maydonga tushayotganimda murabbiyimiz ko'proq hujmga o'tishimni takidlagan edi, -deydi Farruh Sayfiev.
Lekin gol urishimni sezmagandim. Gol kiritilgan vaziyatda sheriklarim meni qulay vaziyatga chiqarishdi va qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdim. Albatta, bunday nufuzli musobaqada gol urish yoqimli. Umuman ilk bor qitamizning eng nufuzli musobaqasida qatanashyotganimdan xursandman. Albatta maydonga tushganimizda imkonimiz boricha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, bayrog'imizni yanada yuqori ko'tarish uchun harakat qilamiz.
"Nasaf" matbuot xizmati