Ayniqsa futbolni juda ham qadrlaydigan vodiyda jahon andozalariga to'la javob beradigan zamonaviy o'yingohlarning qad rostlayotgani muxlislarni behad quvontirmoqda. Xabaringiz bo'lsa kerak, gazetamizning oldingi sonida, Namangan shahridagi “Markaziy” stadionning kapital ta'mirdan chiqarilayotgani xususida ma'lumot berib o'tgandik. Bu safar esa e'tiborimizni Farg'onaga qaratdik. Boisi ushbu viloyatda ham yangi stadion qurib bitkazilayotgani haqida shu kungacha juda ko'p eshitdik. Shuning uchun xolatning o'zidan turib, bevosita tanishishni anchadan buyon dilimizga tugib yurgandik. Vanihoyat bu rejamiz o'tgan haftada amalga oshdi.
STADION HUDUDI 16 GEKTARNI ERNI O'Z ICHIGA OLADI
O'tgan shanba kuni tushlikdan so'ng, Farg'ona tomon safarga chiqdik. Surishtiruvlarimizga ko'ra, yangi qurib bitkazilayotgan stadionni izlab topib bordik. Farg'ona aeroporti hududiga yaqin joyda qad rostlagan stadionga kirib borar ekanmiz, u yerda ham huddi Namangandagi kabi ishlar jadallik bilan ketayotganini ko'rdik. Stadionning asosiy ishlari poyoniga etgan. Yani qovurg'asi tayyor xolatda, faqat uni endilikda kosmetik ta'mirlash ishlari qolgan. Stadiondagi qurilish ishlari bilan tanishish istagida uning ichiga kirib borar ekanmiz, u yerda 100 ziyod ishchi xodimlarning turli sohalar bo'yicha javlon urayotganini ko'rdik. Shuningdek biz borgan paytda harbiy xizmat safaridagi askarlar ham stadionga kelib, ishchi xodimlarga hashar yo'li orqali ko'maklashishdi. U yerda mas'ul shaxslardan dastlab, Dilmurod Ismoilovni uchratdik. O'zini ushbu obektdagi ish yurituvchi, rahbar deb tanishtirgan Ismoilov maqsadimizni bilgach, savollarimizga javob berdi.
- O'zim asli marg'ilonlikman – deydi Dilmurodjon Ismoilov. Qurilish ishlari bo'yicha mutaxassisman. Ushbu sohada deyarli qirq yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdaman. To'g'risi, ilgari boshqa joylarda stadion qurmagandik. Bu dastlabkisi bo'ldi. Farg'ona viloyati hokimligining qaroriga binoan 2012 yilning yanvar oyidan, stadion qurishni boshlagandik. Bu yerda ishlar noldan boshlandi. Katta obekt bo'lganligi uchun, qurilish ishlari deyarli bir yildan ortiq vaqtni o'zi ichiga olishi kutilmoqda. Imkon qadar yangi yil bayramiga qadar bitkazib, foydalanish uchun topshirishga harakat qilamiz. Lekin katta extimol bilan stadion Navro'z bayramiga, yani mart oyida to'liq tayyor xolatga keltiriladi.
- Ushbu o'yingohning nomi, Farg'ona “Markaziy” stadioni deb nomlanadi. Bu faqat “Neftchi” jamoasi uchun emas. Balki shahar hokimiyatiga qarashli bo'lib, olimpia stadioni sanaladi. Yani sportning futboldan tashqari, boshqa turlariga ham mo'ljallangan xolda qurilmoqda. Ushbu stadionning qurib bitkazilishi uchun qancha mablag' ajratilgani va shu kungacha qilingan sarf-harajatlar soni qanchani tashkil etgani to'g'risida hozir sizga aniq bir ma'lumot bera olmayman.
- Stadion hududi 16 gektarni erni o'z ichiga oladi. Ko'rib turganingizdek, stadionning o'ng tomonida futbol akademiyasi uchun maxsus binolar qurib bitkazilmoqda. Kelajakda bu yerda bolalar futbol akademiyasi ham ish boshlaydi. Bundan tashqari stadion atrofida avtomashinalar uchun maxsus turar joylar ham qilindi. Muxlislarning stadion ichiga kirishlari uchun ikkita asosiy kirish joylari, “sharq” va “g'arb” tomonida bittadan eshiklar bo'ladi. Har bir hududga chipta sotuvi uchun do'konlar qurilmoqda.
- Stadion 20000 muxlisga mo'ljallangan bo'lib, ikki qavatdan iborat. Markaziy tribuna esa uch qavatli bo'ladi. Ushbu binoning birinchi qavatida mezbon va mehmon jamoalar uchun “A” va”B” toifadagi kiyinish xonalari bo'lib, har bir jamoa ixtiyorida ikkitadan kiyinish xonalari bo'ladi. U yerda futbolchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar mujassam qilinadi. Shuningdek hakamlar xonasi ham aynan ushbu binoda joylashadi. Markaziy tribunaga qarama-qarshi tomonda esa tamddixona (bufet) qilinadi. Muxlislar o'yin chog'ida, tashqariga chiqib yurmasdan, o'zi uchun kerak bo'lgan egulikni stadion ichidagi maxsus do'konlardan xarid qilishi mumkin. O'ylaymanki, ushbu yaratilayotgan sharoitlar bilan ishqibozlar extiyojini qondira olamiz.
- Ushbu stadionning shu kungacha qurib bitkazishimizda 600 nafar ishchi-xodimlarning xizmatidan foydalandik. Ularning barchasi turli joylardan kelgan bo'lib, aksariyati, Qo'qon shahri va Rishton va Oltiariq kabi tumanlardandir. Hatto Toshkent shahridan ham yordam kuchlari kelgan. Qo'qondan tashrif buyurgan ishchi-xodimlar asosan tribunaning betonlarini qo'yish bilan shug'ullanishdi. Poytaxtliklar esa maydon maysasi borasida ish olib bormoqda. Maydon va tribunaning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etadi. Stadiondagi sektorlar soni 32ta bo'lib, o'rindiqlarni Rossiyadan olib kelishni mo'ljallab turibmiz. Hozircha 3 dona o'rindiq ko'rgazmaga olib keldik. Suyanchiqli, har bir muxlisga a'lohida bo'lgan o'rindiq. Sifati ancha yaxshi ekan. To'g'ri, buni o'zimizdan ham olsak bo'lardi. Lekin bilasizmi, yurtimizdan chiqayotgan plastmassalik o'rindiqlarning rangi bizni unchalik qoniqtirmadi. Shu bois bu borada chet el mahsulotidan foydalanishni o'ylab turibmiz. O'rindiqlar oq va ko'k rangli bo'ladi. Yaqin kunlarda o'rindiqlarni ham qo'yishni boshlaymiz.
- Stadionda har bir sektor uchun ikkitadan karnay o'rnatiladi. Demak, stadiondagi karnaylarning umumiy soni, 60dan ortiq bo'ladi. O'yin natijasini ko'rsatib turish uchun “Philipps” firmasining tablosidan olib kelinadi. O'yindagi xavfli va golli vaziyatlarni ushbu tablo orqali takroriy ravishda ko'rish mumkin. Zamonaviy tabloning bo'yi 4, eni esa 12 metr ko'rinishda bo'ladi.
MAYDONGA URUG' GOLLANDIYADAN KELTIRILDI
Suhbatdoshimiz bilan shu erga kelganda, savol-javoblarga yakun yasadik va shundan so'ng stadionning ichiga kirib, qurilish ishlari qanday ketayotgani bilan tanishdik. E'tiborimizni, maydonga urug' sepish uchun tuprog'ni tayyorlayotgan ishchi-xodimlarga qaratdik. Aytish kerakki, maydonda shu kuni 50ga yaqin ishchilar mehnat qilayotgandi. Ularning rahbari bo'lmish, Ikrom Suyunovni to'satdan uchratib qoldik. Asli surxondaryolik bo'lgan, maydon mutaxassisi bilan bundan roppa rosa bir oy oldin, Namangandagi stadionda ko'rishgandik. Toshkentdagi “Agrar” institutini tamomlab, ikki yildan buyon O'FFda maydonlar bo'yicha bo'lim mutaxassisi sifatida ishlab kelayotgan Suyunov ham bizni maydonning qoq markazida ko'rib, ochig'i bunday bo'lishini kutmaganini aytib o'tdi. – Namangandagi o'zingiz ko'rgan stadionning maydoni bugungi kunga kelib, tayyor xolatga keltirildi– deya gap boshladi Ikrom Suyunov. U yerdagi ishlarni tamomlagach, Farg'onaga keldik. Bizning guruh 5 kishidan iborat. Bu yerda ish boshlaganimizga endigina, uch kun bo'ldi. Hozircha urug' sepishdan avval, maydonni tayyorlab chiqyapmiz. Namangandagi stadionning maydonidagi tuprog'i 20 foiz edi. Bu yerda tuprog'ni biz yo'qligimzda shoshilib, biroz ko'paytirib yuborishibdi. Yani 30 foiz hozir. Shuning uchun uni ozgina kamaytirishga harakat qilmoqdamiz. Besh kun ish olib boramiz. Bu tuprog'ning tarkibiga o'g'it aralashgan bo'lib, maxsus labaratoriyadan o'tkazilgan. Urug' Gollandiyadan olib kelindi. Sifati yaxshi. Namangandagi maydonga Portugaliyadan keltirilgan urug'larni sepgandik. O'zi aslida urug'ni Daniya ishlab chiqaradi. Gollandiya bilan Portugaliya esa uni boshqa davlatlarga eksport qiladi. Bu yerda yana uch kundan so'ng urug' sepiladi. Urug'ni sepishda yordamchi kuchlar shart emas. Bir o'zim maxsus Gollandiyadan keltirilgan uskunalar yordamida sepib chiqaman. Dastlab 550 kg urug' sepiladi va ma'lum muddat o'tgach, 250 kg urug' sepib chiqiladi. Urug' sepilganidan keyin, har kuni vaqti-vaqti bilan, albatta ob-havoga qarab maydon sug'orilib boriladi. Maydonning o'zida 32ta fontan bo'lib, ularning har biri 18 metr uzoqlikka suv sochib beradi. Keyingi yilning bahor faslida maydonning xolatiga qarab, yana qo'shimcha urug' sepiladi. Oshig'i bilan 200 kg.
Bu yerda ham maydonning umumiy o'lchami, 113x73. Maydonning asosiy qismi esa 105x68 bo'ladi. Maydon keyingi yilning bahor fasliga borib, deyarli tayyor xolatga keltiriladi. Unga qadar asosan shu yerda bo'lamiz. Keyingi bekatimiz esa Jizzax viloyati. U yerda ham maydon barpo etilmoqda ekan, chaqirishmoqda.
Shu bilan stadionga qilgan safarimiz poyoniga etdi va shunga amin bo'ldikki, keyingi mavsumdan vodiyning yana bir jamoasi “Neftchi” ham raqiblarini jahon andozalariga to'la javob beradigan stadionda qabul qiladi.
Islombek RUSTAMBEKOV.