Faqatgina uch klub biror marta La Ligani tark etmagan

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2017
So'nggi yillarda La Liga jamoalari xalqaro arenada ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Bunga ichki chempionatdagi kurash ham jiddiy bo'layotgani sabab bo'lsa ajab emas. "Real" va "Barselona" alohida, hamda qolganlarning alohida turniri bor deb ko'p eshitganmiz. Ammo uzoqqa bormaylik, shu mavsumning o'tgan qismidayoq "Qirollik klubi" qancha ochko yo'qotdi? "Valensiya"dan bu kabi start kutganlar ko'pmi?

Yana bir qiziq ma'lumot, bugungi kungacha faqatgina uch klub La Ligadan "tushib ketmagan". Poytaxtlik "qaymoqranglilar" bilan birgalikda, bunday natija bilan "Atletik Bilbao" va "Barselona" jamoalari maqtana oladilar xolos.  



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta