Uni davolayotgan shifokor Xose Karlos Noronya Falkaoning Braziliyaga borish imkoniyatlari biroz yaxshilanganini ta'kidladi.
"Dastlab, operaciyadan so'ng Falkaoning JCHda qatnashish imkoniyati 50 foiz, deb aytib o'tgandim. Endi esa bu foiz biroz yaxshilandi. Endi Radamelning Braziliyaga borish imkoniyati 55 foizga teng", - dedi Noronya.
Falkao hozirda Portuda davolanish jarayonini o'tkazmoqda. Uning ahvoli ancha yaxshilangan va o'zini juda yaxshi his etmoqda. Ammo uning mundialda qatnashishi hamon yuz foizga aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Kolumbiya terma jamoasi JCHdagi dastlabki o'yinni 14 iyun kuni Gretsiyaga qarshi o'tkazadi.