FAKT: "So'g'diyona" 8 yil deganda durang o'ynadi

3 mar 2022, 21:26
"So'g'diyona" Superliganing 1-turida "Bunyodkor" bilan nursiz durangga imzo chekdi.

Shu tariqa "Bunyodkor" 2018 yildan keyin birinchi marta chempionat startida durang qayd etdi. Jizzax klubi esa 8 yildan keyin mavsumni 1 ochko bilan boshladi. "So'g'diyona" oxirgi marta Oliy liga-2014 startida "Mashal" bilan durang o'ynagan va mavsumni autsayderlar hududida yakunlagan edi (14 jamoa ichidan 13).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia