Fabregas ham De Rossi ortidan Argentinaga yo'l olishi mumkin

Alisher
7 avg 2019, 11:34
Ispaniyalik futbolchi Sesk Fabregas faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Monako" yarim himoyachisi Libertadores Kubogi o'ynashni xohlayotganligini aytdi.

- Nega Libertadores Kubogida o'ynamas ekanman? Argentina chempionati menga juda ham raqobatdosh ko'rinadi. U yerda o'ynash yoqimli bo'lar edi, - deydi Fabregas.

Eslatib o'tamiz, "Roma" afsonasi Daniele De Rossi sal oldinroq Argentinaning "Boka Xuniors" klubi bilan shartnoma tuzgan edi.

Fabregas hozirda "Monako" klubida o'ynamoqda. U francuz klubidan tashqari "Arsenal", "Barselona" va "Chelsi" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SuperDeportivo Radio