FA Mourinyodan gapiga "javob berish"ini so'radi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 09:24
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyodan APL 16-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan oldin (1:2) aytgan gaplariga izoh berishini talab qildi.

Portugaliyalik murabbiy 8 dekabr kuni Old Traffordda o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashgandi. Ammo FA Mourinyoning aytgan qaysi gapiga izoh berishini ma'lum qilmagan. O'sha kuni Mourinyo jumladan shunday degandi: Siti futbolchilari ozgina shamol bo'lsa ham yiqilib tushishmoqda.

Mourinyo 18 dekabr kuni soat 18:00ga qadar o'z javobini berishi lozim.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com