

Bu chempionat boshida sodir bo'lgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, musobaqadan tashqari paytda olingan doping test ijobiy natija bergan. Organizmda tiklanishga yordam beradigan modda topilgan. "Stok Siti" bosh murabbiyi Mark Xyuzning ma'lum qilishcha, u futbolchining diskvalifikaciyasi haqida bilgan.
"Biz bu haqda bilar edik. FA tartib-intizom ishini ochgan va Saido sakkiz haftani o'tkazib yuborgan. Shartnoma imzolashdan avval bizga buni ma'lum qilishdi. Agar bu haqda ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, uning sobiq klubiga yuzlaning.
Biz shartnoma imzolashdan oldin, barcha kerakli tekshiruvlarni o'tkazdik. Uning ishlashidan mamnunmiz, Beraino ertangi bahsni sabrsizlik bilan kutmoqda" - deydi Xyuz.



