Yevropadan JCH-2014ga chiqqan 9ta jamoa va pley-offda o'ynaydigan 8 jamoa aniq

Narzulla Saydullayev
16 okt 2013, 02:20
Yevropa JCH-2014 saralashi guruh bosqichi rasman yakunlandi.
Unga ko'ra 9ta yo'llanma egasi nomi ma'lum bo'ldi. Shuningdek pley-offda o'ynaydigan 8ta jamoa nomi ham aniq bo'ldi.

JCH-2014 yo'llanma sohiblari (Yevropa):
Belgiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Shveytsariya, Rossiya, Bosniya, Angliya va Ispaniya.

JCH-2014 pley-off sohiblari (Yevropa):

1-savatcha: Xorvatiya, Portugaliya, Gretsiya, Ukraina.
2-savatcha Fransiya, Shvetsiya, Ruminiya, Islandiya.

Takidlash lozimki, pley-offga qur'a tashlanayotganda bitta savatchadagi jamoalar to'qnash kelishmaydi. Bu o'yinlar 15 va 19 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Qur'a esa 21 oktyabr kuni tashlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia