

Braziliyalik Joao Miranda burnini sindirib olgani bois, bir necha haftaga safdan chiqdi. “Inter” yarimhimoyachisi Marselo Brozovich esa oyoq muskullari lat egani sabab Yevropa ligasi 1/8 finalining “Ayntraxtga” qarshi javob bahsini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.“Neradzurri”lar lazaretidan shuningdek, Shime Vrsalko, Mauro Ikardi, Radja Naynggolan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, “Inter” va “Ayntraxt” o'rtasidagi ilk bahsda Luchano Spalletti shogirdlari durang (0:0) natijani qayd etgandi. Javob bahsi esa 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.



