Yevropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshilari aniqlandi

Eldor Akmurzayev
21 may 2022, 08:30
“Ayntraxt” musobaqa finalida “Reynjers”ni mag'lub etib, o'z tarixida 2-marotaba Yevropa Ligasi sohibiga aylandi.

UEFA matbuot xizmati, o'tgan turnirning ramziy jamoasini e'lon qildi:

Darvozabon – Kevin Trapp ("Ayntraxt");

Himoyachilar – Kreyg Douson ("Vest Xem"), Martin Xinteregger ("Ayntrnaxt"), Kelvin Ugelumba ("Reyndjers");

Yarim himoyachilar – Jeyms Tavernier ("Reynjers"), Konrad Laymer ("Leyptsig"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Filip Kostich ("Ayntraxt");

Hujumchilar – Kristofer Nkunku ("Leyptsig"), Rafael Borre ("Ayntraxt"), Rayan Kent ("Reynjers").

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Ayntraxt” Filip Kostich etirof etildi. U 12 o'yinda 3 ta gol urdi va 6 pasni o'z hisobiga yozdirdi.

20 yoshli Ansgar Knauff (“Ayntraxt) esa eng yaxshi yosh futbolchi nominaciyasida g'olib bo'ldi. U 7 bahsda 2+1 natija ko'rsatdi.

Yevropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsum to'purari esa 7 ta gol bilan “Reynjers” a'zosi Jeyms Taverner bo'ldi.

Assistentlar ro'yxatida ham Filip Kostich (“Ayntraxt”, 6 pas) eng yaxshisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia