Yevropa chempionati. Krishtianudan yana bir rekord!

22 iyun 2016, 22:12
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatidagi o'zining navbatdagi rekordini qayd etdi.


Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi o'yinda ikkita rekord sohibiga aylandi.

Yevropa chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekord qayd etgan Ronaldu bu bilan cheklanib qolmadi.

Portugaliyaning Vengriya darvozasiga kiritgan ikkinchi goliga mualliflik qilgan Ronaldu to'rtta Yevropa chempionatida gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.


Manba: championat.asia