Evro-2016 saralash bosqichi qanday kechishi aniqlab olindi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 16:19
UEFA 2016 yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi qanday tarzda kechishini aniqlab oldi. Ushbu chempionatda jami 24ta jamoa ishtirok etadi.
54 ta milliy terma jamoa 9ta guruhga bo'linadi, har bir guruhda 6tadan jamoa bo'ladi. Ular final bosqichiga berilgan 23ta yo'llanma uchun kurashishadi. Qizig'i chempionat mezboni Fransiya avtomatik tarzda Evro-2016ga yo'llanma olib bo'lgan, ammo jamoa baribir guruhdan joy oladi va raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuviga teng bo'lgan o'yinlarni o'tkazadi. Yani, Fransiya ishtirokidagi o'yin natijalarining saralashga hech qanday ahamiyati bo'lmaydi.

Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar chempionatga to'g'ridan-to'g'ridan yo'l olishadi. Uchinchi o'rinni olgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan jamoa ham yuqoridagi jamoalar safiga qo'shiladi. Qolgan 8ta guruhda uchinchi bo'lgan jamoalar esa qolgan to'rtta yo'llanma egasini pley-off orqali aniqlab olishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net