“Everton” – “Liverpul”. Starrij o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

22 noya 2013, 11:28
“Liverpul” klubi hujumchisi Deniel Starrij, jamoasining “Everton”ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Klub bosh murabbiyi Brendan Rojersning so'zlariga ko'ra, Starrij terma jamoa safiga jarohat bilan borgan va Germaniyaga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik usrashuvida (0:1), maydonda 90 daqiqa harakat qilgan.

Eslatib o'tamiz, APLning 12-turidan o'rin olgan “Everton” – “Liverpul” bahsi shanba kuni bo'lib o'tadi.


Manba: sports.ru