"Everton" Kalinich uchun "Milan"dan ko'proq pul to'lamoqchi
Tolibjon Qosimov
17 avg 2017, 19:37
"Sky Sport Italia"ning ma'lum qilishicha, "Fiorentina"ning xorvatiyalik hujumchisi Nikola Kalinich klubini o'zgartirishi mumkin.
Oldinroq "Milan" e'tiboriga tushgan futbolchiga "Everton" qiziqish bildirmoqda. "Irislar" o'yinchi uchun 29 million evro taklif qilishga tayyorlar, "Milan" esa 25 mln evro bermoqchi bo'lgan edi.