Eusebio Di Franchesko bugun iste'foga chiqadi. Uning o'rnida kim ishlashi aniq

Mirjalol Normatov
22 fev 2021, 11:15
"Kalyari" bugun Eusebio Di Francheskoning iste'fosini e'lon qilib, yangi bosh murabbiy nomini ma'lum qilishi kutilmoqda.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, bunga qadar SPAL jamoasini boshqargan Leonardo Semplichi "Kalyari" ustoziga aylanadi.

Sardiniyaliklar A Seriyaning so'nggi 10 turida 9 mag'lubiyat qayd etdi va ayni damda jamoa 18-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia