Eto′O "Galatasaroy" bilan muzokara olib bormoqda

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2014, 20:42
"Chelsi" jamoasining sobiq futbolchisi Samuel Eto′O faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli futbolchi "Galatasaroy" bilan erkin agent maqomida muzokaralar olib bormoqda. Klub futbolchiga yiliga taxminan 3-4 million evro maosh taklif qilmoqda.

Bungacha esa kamerunlik hujumchini "Fiorentina" jamoasi o'z safida ko'rish istagini bildirgan edi. Lekin, italiyaliklarning 2 millionlik taklifi Samuel tomonidan rad etildi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru