Eshmurod Chorshanbiev xotira turnirida “Samarqand BO'SM-1” chempion

Narzulla Saydullayev
11 noya 2017, 13:56
“Sho'rtan”PFK rahbariyati tashabbusi bilan 5-10 noyabr kunlari G'uzor futboli asoschisi, ko'plab g'uzorlik futbol sevar yoshlarga ustozlik qilgan, fidoyi inson Eshmurod Chorishanbiev xotirasiga bag'ishlangan turniri o'z poyoniga etdi.

Bir hafta davomida  G'uzor shahridagi “Sho'rtan”PFK va “G'uzor bolalar sport majmuasi” futbol maydonlarida  bo'lib o'tgan xotira turnirda  yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 jamoa ishtirok etdi. 2005-2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar qatnashgan musobaqa finalida "Samarqand BO'SM-1" (Samarqand) va "Beshariq-BO'SM"(Farg'ona) tarbiyalanuvchilari to'qnash kelishdi. O'yin 3:2 hisobida Sami Igamberdiev va Akmal Xolmatov ustozlik qilayotgan "Samarqand BO'SM-1" g'alabasi bilan yakunlandi.


Musobaqaning 3-o'rinni uchun kechgan bahsda Erkin To'raev shogirdlari “Denov futbol internati” jamoasi  Navoiyining “Navoiyi BO'SM-2”jamoasiga qarshi maydonda saf tortishdi. Keskin va qiziqarli kechgan uchrashuvda denovlik yosh futbolchilar o'z tengdoshlari ustidan  kichik 1-0 hisobida zafar quchishdi.


Shu tariqa , “Denov futbol internati” jamoasi  musobaqaning faxrli 3-o'rinni qulga kiritishdi.

Jamoalar qo'yidagi o'rinlarni qo'lga kiritishdi:
1-o'rin “Samarqand BO'SM-1”(Samarqand)
2-o'rin “Beshariq-BO'SM”(Farg'ona)
3-o'rin “Denov Futbol internati”(Surxondaryo)
4-o'rin “Navoiyi BO'SM-2”(Navoiyi)
5-o'rin ”Peshku Futbol internati”(Buxoro)


Shuni takidlash keraki, “Sho'rtan”PFK rahbariyati musobaqa davomida viloyatdan tashrif buyurgan 10ta jamoaning barchasiga birdek etiborda bo'ldilar.
Musobaqa davomida  tashkilotchilar tomonidan  mehmon ishtirokchilarga Qarshi shahriga sayyohat ham tashkil etildi. Va shu kuni oliy liganing tur uchrashuvidan o'rin olgan “Nasaf”-”Sho'rtan” jamoalar o'rtasidagi bahsiga mehmonlar bevosita yangilagan “Nasaf” markaziy o'yingohida  uchrashuvni bevosita tomosha qilishga muyaassar bo'lishdi.


Festival ko'rinishida  o'tgan musobaqa mehmonlarga iliq taasurot qoldirdi.

Musobaqa sovrindorlari  va turli nominaciyalariga munosib deb etirof etilgan yosh futbolchilarga tashkilotchilar tomonidan kubog, medal, diplom va qimmat baho sovg'alar o'z egalariga  bayramona kayfiyatda topshirildi.

Musobaqaning final bahsi va taqdirlash marosimidan olgan olgan sara lavhalarni tomosha qiling.


Fahriddin Choriev  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia