Eshitdik-da! "Metallurg"ning Superligadagi o'rnini "Olimpik" egallaydi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2024
"O'zmetkombinat AJ" PFLga "Metallurg" yangi mavsumda Superligada ishtirok etmasligi haqida ma'lum qildi.

Tashkilot klubga homiylik mablag'i ajratishi to'xtatilgani va buning sabablarini xat orqali PFLga batafsil tushuntirgan.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, "Metallurg"ning Superligadagi o'rnini yakunlangan mavsumda pley-off o'yinlarida aynan Bekobod klubidan mag'lub bo'lib, ligani tark etgan "Olimpik" egallaydi.

Oldinroq, Tolibjon Qosimov "Olimpik" yangi mavsum uchun homiy topsagina "Metallurg" o'rniga Superligada ishtirok etish mumkinligini yozgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia