Eshitdik-da! "Bunyodkor"ni yangi mavsumda kim boshqarishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
1 fev 2023, 16:00
Toshkentning "Bunyodkor" klubida bosh murabbiy almashadigan bo'ldi.

Shu kungacha Ivan Boshkovich o'rnida vaqtincha faoliyat olib borgan Hikmat Hoshimov "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyiga aylanadi. 



Unga murabbiylar shtabida G'ulom Halimtoev yordam beradi. 

Eslatib o'tamiz, BAAdagi yig'inda aynan Hoshimov "Bunyodkor"ni boshqardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia