Ernesto Valverde Rakitichning jamoadan kyetishi mumkinligiga izoh berdi

Alisher
10 avg 2019
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitich haqida fikr bildirdi.

- Rakitich biz uchun juda muhim o'yinchi. Hozir men uni qolish yoki qolmasligini bilmayman. Ammo, men unga jamoadagi barcha futbolchilar singari ishonch bildiraman, - deydi Valverde.

Rakitichning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.

Xorvatiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga 2014 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi. U bundan oldin "Bazel" va "Shalke 04" klublarida o'ynagan.

Oldinroq, "Everton" o'yinchiga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca