"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Barselona"ga qarshi uchrashuvdan avval muxlislarga murojaat qildi.
"Muxlislardan payshanba kuni stadionga tashrif buyurishlarini so'rab qolaman. Bu juda muhim o'yin va sizlar shu yerda bo'lishingiz kerak. Birgalikda biz raqibni engishimiz mumkin", - dedi murabbiy.