⚡️ Enco Fernandes – APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi!

Eldor Akmurzayev
1 fev 2023, 07:45
“Benfika” yarim himoyachisi faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

Klub 22 yoshli xavbekni 121 mln evro (105 mln funt) evaziga “aristokratlar” safiga qo'yib yuborganini e'lon qildi. Fernandes londonliklar bilan 2031 yil yozigacha shartnoma imzolaydi. 

Shu tariqa, Enco Fernandes APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Avvalgi rekord esa “Aston Villa”dan 100 mln funtga “Man Siti”ga o'tgan Jek Grilishga tegishli edi. 

Fernandes – “Chelsi”ning qishki transfer oynasidagi 8-yangi futbolchisi bo'ldi. Klub Todd Boeli rahbarligida 16-transferni amalga oshirdi.

@angliyafutboli kanaliga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: web3.cmvm.pt