Emeri: "Javob o'yinida barchasi boshqacha bo'ladi, bizda imkoniyat bor"

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2022, 09:00
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"Yarim finalda muntazam ravishda yaxshi formada bo'ladigan "Liverpul" kabi kuchli jamoalar bilan o'ynashga to'g'ri keladi. Biz o'yinni nazorat qilib, g'alaba qozonishni istagandik. Ammo bunga imkon berishmadi. Oldinga borishga imkon bo'lmadi, amma biz ikkinchi o'yinda ham imkoniyatlarni saqlab qolish uchun yaxshi himoyalandik.

Bizning stadionda barchasi boshqacha bo'ladi. Biz ko'proq muammo yaratamiz. 

Bu "Liverpul", kuchli jamoa, favorit. Ammo bizda ularni qiynash imkoni bor, keyingi hafta bizda imkoniyat bo'ladi", - dedi Emeri. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA