Ellardays: "Hakam xato qildi, penalti yo'q edi"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018, 12:53
"Everton" bosh murabbiyi Sem Ellardays Angliya Kubogi 1/32 final doirasida "Liverpul"ga qarshi o'tkazilgan bahs (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Qizillar" birinchi golni 35-daqiqada penaltidan urishdi.

"Bugun biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ikkinchi uchrashuv bo'lishini taminlay olmaganimizdan xafamiz. Bunga munosib edik.

Penalti yo'q edi, ammo hech narsa qila olmaymiz. Menimcha, hakam o'sha vaziyatda xato qildi. Bundan tashqari, "Liverpul" gol urgan paytda biz xato qildik. Qolgan vaziyatlarda yaxshi harakat qildik" - deydi Ellardays.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com