Ushbu bahsda 75 daqiqada Muydin Mamazulumov o'rniga hujumchi Eldor Shomurodov maydonga tushdi. Bu Shomurodovning oliy ligada qilgan ilk debyut uchrashuvi sifatida qayd etildi. 18 yoshli hujumchimiz O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Bu haqida futbolchi uchrashuv yakunlangan so'ng o'z fikrini bildirib o'tdi:
"Debyut uchrashuvimiz muvaffaqiyatsiz yakunlanmaganidan xursandman. Durang har ikki tomon uchun munosib edi. Ochiq o'yin bo'ldi lekin darvozani ishg'ol eta olmadik. Maydonga tushganimdan so'ng kuchli hayajonlanganim rost. Butun uchrashuv davomida 15 daqiqa harakat qilgan bo'lsam ham jamoamizning eng qulay vaziyati menda bo'ldi. Gol urishni juda istagan edim. Keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyatli o'ynab, jamoam g'alabasiga munosib hissa qo'shmoqchiman" - deydi bu haqida hujumchimiz Eldor Shomurodov.