

“Eng avvalo, milliy terma jamoaga chaqiruv olganimdan xursand ekanligimni bildirib ketmoqchiman”, - deya so'z boshladi O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi eng yosh futbolchilardan biri.
“Oldimizda turgan Shimoliy Koreya va Yaman terma jamoalariga qarshi ikki o'yinga tayyorgarlik jarayonini ham boshlab yubordik. Hammaning kayfiyati a'lo darajada. Bo'lajak har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonamiz degan umiddaman”, - deydi Toshkentning “Bunyodkor” klubida faoliyat olib borayotgan istedodli hujumchi.
KXDR terma jamoasini o'rganish borasida to'xtalar ekan, milliy terma jamoa safida ikki bora maydonga tushishga ulgurgan 20 yoshli hujumchi shunday dedi: “Albatta, raqibning har bir futbolchisi haqida imkon qadar bizga ma'lumot berilyapti. Ular ishtirokidagi o'yinlar videolarini ham ko'rib chiqyapmiz. Aytishim mumkinki, ularda jamoaviy o'yin juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Murabbiylarimiz ularga qarshi to'g'ri taktika tanlashlariga va oqibatda biz o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonaman”.



