EL. So'nggi daqiqalarda urilgan gol "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirdi

6 avg 2020, 02:13
Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida MYU va LASK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Mazkur bahsda hisob avstriyaliklar futbolchisi Filipp Vizinger tomonidan 55-daqiqada ochildi. Oradan ikki daqiqa o'tgach "qizil iblislar" yarim himoyachisi Jessi Lingard hisobdagi muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdirini zahiradan maydonga tushirilgan fransiyalik hujumchi Antoni Marsyal tomonidan 88-daqiqada urilgan gol hal qildi. Shunday qilib, ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:1 hisobida g'alaba qozongan "Manchester Yunayted" turnirdagi ishtirokini chorak finalda davom ettiradi.

Manchester Yunayted (Angliya) – LASK (Avstriya) 2:1

6 avgust, 00.00, Old Trafford

Gollar:

0:1 – 55 Vizinger, 1:1 – 57 Lingard, 2:1 – 88 Marsyal.

Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Fosu-Mensa (Mendji, 84), Maguayr, Uilyams (Chong, 72), Lingard (Pogba, 63), Djeyms (Marsyal, 84), Fred (Pereyra, 64), Mata, Maktomini, Igalo.

LASK – Shlager, Andrade (Filipovich, 80), Trauner, Vizinger (Zabitcer, 73), Ranftl, Xolland, Mixorl, Balich (Rayter, 66), Renner, Frizer, Raguj.

Ogohlantirishlar:

Mixorl (34), Maktomini (39).

Birinchi o'yin natijasi: 5:0

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia