"El-Klassiko"da ishlaydigan hakam nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2017, 19:05
"Real" hamda "Barselona" o'rtasida bo'lib o'tadigan LaLiganing 17-tur uchrashuvida ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, "El-Klassiko"da Xose Senches Martines boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi.

Bu Martinesning ilk "El-Klassiko"si emas. Joriy mavsum oldidan u "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogining ikkinchi bahsida (2:0) ishlagan edi.

Joriy mavsum Xose Sanches Martines LaLiganing 7ta uchrashuvida ishlab, 27ta sariq kartochka ko'rsatdi va 2ta penalti belgiladi.

"Real" - "Barselona" bahsi 23 dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca