Eysebio vafot etdi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 14:13
Afsonaviy portugaliyalik hujumchi Eysebio yakshanbaga o'tar kechasi 72 yoshida vafot jtdi.
Benfika va Portugaliya terma jamoasi sobiq hujumchisi yuragidagi muammolar tufayli vafot etdi.

Eysebio faoliyatini 15 yoshligida Sporting (Lourensu-Markish) safida boshlagan, so'ngra Benfikaga o'tib 15 yil shu klubda faoliyat olib borgandi.

Eysebio 11 marta Portugaliya chempioni, uch marta vice-chempion bo'lgandi. Eysebio Benfika bilan bir marta Chempionlar kubogini (hozirgi Chempionlar ligasi) yutgan, uch marta finalchi bo'lgandi.

1966 yilgi Jahon chempionatida 9ta gol urgan, Portugaliya esa bronza medal sohibi bo'lgandi, bir yil oldin esa Jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru