Edgar Gess: “Shogirdlarimning o'yinidan ko'nglim to'ldi”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2014, 18:33
“Andijon” – “Metallurg” (2:2) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Edgar Gess ishtirok etdi.
- O'yindan ko'nglim to'ldi. Agarda raqib jamoa o'yiniga baho beradigan bo'lsak, bu jamoa yaxshi shakllangan. Bosh murabbiy ham 7 yildan buyon ishlab kelmoqda. Kurashchan jamoa tuzgan. Qolaversa tarkibidagi o'yinchilar ham tajribalidir - deya gap boshladi Edgar Yakovlevich.

- Jamoamizning jismoniy jihatdan o'yinga to'la tayyor emasdi. Uchrashuv yaxshi boshlandi. Ammo oxirigacha jismoniy jihatdan toliqib qoldi. Buning natijasida o'yin tizginini yo'qotishdi.

- Umuman olganda yigitlarning o'yini yoqdi. Kurashlarda ham yutqazishmadi. Himoyadan hujumga o'tishda ham yaxshi o'ynadik.

- Yetakchi o'yinchilarimiz Rahim Qodirov bilan Rasul Rahmonov bugungi o'yinda diskvalifikaciya sababli bizga yordam bera olmadi. Bundan tashqari himoyachi Asror Rahmonov ham o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi – deydi Gess. 


Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia