Ederson jarohat sababli qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Khoja
12 mar 2024, 09:42
“Manchester Siti” darvozaboni oyog'idan olgan jarohat sababli qancha muddat futbol o'ynolmasligi ma'lum bo'ldi.

Braziliyalik futbolchi APLning so'nggi turida Darvin Nunes bilan to'qnashib ketishi oqibatida kamida bir oy futboldan tashqarida bo'ladi.

Ederson “Arsenal”ga qarshi 31 mart kuni bo'lib o'tadigan muhim o'yinda jamoaga yordam bera olmaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru