Eden Azar kelasi mavsumda 10-raqam ostida harakat qiladi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2014, 09:47
“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar kelasi mavsumda 10-raqam ostida maydonga tushishini ma'lum qildi.
So'nggi ikki yildan beri u londonliklar tarkibida 17-raqam ostida o'ynab kelayotgandi.

10-raqam Xuan Mata “Manchester Yunayted”ga ko'chib o'tganidan keyin bo'shab qolgandi. “Bu mening sevimli raqamim. Men aynan shu raqam ostida Belgiya terma jamoasida ham o'ynayman. Yoshlikdagi qahramonim Zinedin Zidan ham Fransiya terma jamoasida 10-raqamda harakat qilgandi”, – deydi Azar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru