YCHLda hali gol o'tkazmagan darvozabon: "Bu shunchaki ajoyib"

Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 14:55
Fransiyaning PSJ klubi Chempionlar ligasida guruh bosqichini bitta ham gol o'tkazmasdan yakunlashi mumkin.

To'g'ri, Unai Emeri jamoasi hali safarda "Bavariya" bilan o'ynashi kerak. Bu haqda parijliklar kiperi Alfons Areola fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birorta ham gol o'tkazmaslik ajoyib bo'lardi. Lekin, bizning asosiy maqsadimiz - birinchi o'rinni egallash", - deya Areolaning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com