YCHL. Haftaning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Alisher
21 fev 2020, 17:01
UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasida hafta o'yinchisini e'lon qildi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi Erling Xoland Chempionlar ligasining ushbu haftada o'tkazilgan 1/8 final dastlabki o'yinlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

19 yoshli Xoland PSJga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. "Borussiya" o'sha o'yinda parijliklarni 2:1 hisobida taslim etdi.

Xolanddan tashqari ushbu sovringa Ugo Loris ("Tottenxem"), Renan Lodi ("Atletiko") va Xans Xatebur ("Atalanta")lar da'vogarlik qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com